Surxondaryoda 15 yoshli qizni erga berishdi

Surxondaryoda 15 yoshli qizni erga berishdi
  • 0
  • 22.09.2025 10:03:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 15 yoshli qizini turmushga bergan ona jarimaga tortildi. Qizning otasining aytishicha (https://www.youtube.com/watch?v=gDLVpetufQ8), u qizini turmushga berilganidan bexabar qolgan. U ayoli bilan ajrashgani uchun qizini u bilan gaplashishga qo‘yishmagan. Qiz yashirincha dadasi bilan telefonlashgani uchun uning sochini qirqib tashlashgan. Otaning iddaosiga ko‘ra, qaynonasi nevarasini bosim ostida erga bergan.
2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish bo‘yicha harakatlar aniqlanib, mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, qizning oila a’zolari ogohlantirilgan. Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi va aybdorlarga jarima belgilandi.
Hozirda qiz Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olmoqda, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News