O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 0 darajagacha pasayishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 0 darajagacha pasayishi kutilmoqda
  • 5
  • 13.04.2023 12:34:00
  • 1 daq o'qish

17-aprel kuni kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyati va tog‘li hududlarda havo harorati 0 darajagacha tushadi. 16—17-aprel kunlari Ustyurtda harorat -2 darajagacha pasayishi mumkin.

“O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatovning qayd etishicha, sovuq antisiklon ta’sirida haroratning nol darajagacha pasayib ketishi hozirgi mavsum uchun tuproq sirtida ham haroratni sezilarli darajada pasaytirishi, bu qishloq xo‘jaligi uchun “sovuq urish” (zamorozok) hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News