Samarqandda odamlar fastfuddan zaharlandi

Samarqandda odamlar fastfuddan zaharlandi
  • 8
  • 15.09.2023 07:55:00
  • 1 daq o'qish

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida odamlar fastfuddan zaharlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 13-sentabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga ko‘ngil aynishi, qayt qilishi va boshqa og‘riqlar bilan murojaat qilgan. Holat o‘rganilganda ushbu fuqarolar Past Darg‘om tumanidagi “Merals” MCHJdan fastfud isteʼmol qilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olinib, surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Fastfud sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyatiga chek qo‘yildi.

4-avgust kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi to‘yxonalarning birida 42 kishi salatdan zaharlangandi. 22-avgust kuni Samarqand shahrida 49 kishi fastfud markazida ho

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News