
- 7
- 15.08.2023 14:01:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangani aks etgan video tarqalgandi. IIV Axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea Samarqand viloyatida yuz bergan. Aniqlanishicha, manyovr qilgan yigitlarning ichida o‘sha kuni to‘yi bo‘layotgan kuyov ham bo‘lgan. U to‘y kuni o‘rtoqlari bilan shoshmashosharlik qilib, keskin harakatlar sodir qilgan.
"Men bilmagan edim. Yoshlik qilib qo‘ydik. Boshqa qaytarilmaydi",- deydi haydovchilardan biri.
Ta’kidlanishicha, haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.