Samarqandda 50 nafarga yaqin fuqaro “Fast Food”dan zaharlandi

Samarqandda 50 nafarga yaqin fuqaro “Fast Food”dan zaharlandi
  • 4
  • 22.08.2023 08:06:00
  • 1 daq o'qish

Maʻlum qilinishicha, Samarqand shahrining Rudakiy ko'chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazida bir ayol va uning 3 nafar voyaga yetmagan nabirasi xot-dog isteʻmol qilishgan. Nabiralar kechga yaqin ko'ngil aynishi, tana haroratining ko'tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Qayd etilishicha, mazkur shifoxonaga jami 49 kishi yotqizilgan. Ularning barchasi shahar markazida joylashgan Fast Food markazida xot-dog isteʻmol qilganidan keyin sog'lig'ida o'zgarish kuzatilganini aytgan (https://uznews.uz/uz/posts/67295).

“Ovqatlanaman degandi, biz ham pul beribmiz. O'rtoqlari bilan xot-dog egan. O'sha kuni kechqurun mazasi bo'lmadi. Ikkinchi kuni isitmasi 41 darajaga chiqib ketdi”, — deydi bemor bolalardan birining onasi.

Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanmoqda. Ularning ahvoli ancha yaxshi. Hozirda mazkur ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to'xtatilgan. U yerda ishlatilgan mahsulotlar tekshiruv uchun olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News