
- 5
- 30.09.2023 11:14:00
- 1 daq o'qish
Sud hukmiga koʼra, sudlanuvchi jinsiy ehtiyojni zoʼrlik ishlatib gʼayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topildi.
Samarqandda 45 yoshli erkak 10 yoshli jiyani orqali 1,5 yil davomida jinsiy ehtiyojini qondirib kelgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Jomboy tuman sudida ushbu ish koʼrib chiqildi.
Joriy yilning 28 sentyabrь kuni jinoyat ishlari boʼyicha Jomboy tuman sudida T.N. (1978 yilda Jizzax viloyatida tugʼilgan, ishsiz, oilali, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini koʼrib chiqish boʼyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʼyicha Jomboy tuman sudining raisi А.Аbdurazzakov raisligida JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʼrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʼrib chiqildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq T.N. JKning 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʼrlik ishlatib gʼayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Manba: Uznews