
- 0
- 25.04.2025 12:51:00
- 1 daq o'qish
Samarqandda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yubordi. Hodisa 11-aprel kuni Rudakiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi katta tezlikda harakatlanib piyodalar o‘tish joyidagi odamlarni urib yuborgan. Holat aks etgan videoda avtomobillar piyodalar yo‘lagi oldida to‘xtab turganini, fuqarolar, shu jumladan, yosh bolalarini olib o‘tayotgan ayollar yo‘lni kesib o‘tayotganida Lacetti katta tezlikda kelib ularni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini ko‘rish mumkin. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ular orasidagi 33 yoshli ayol vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.