Samarqandda 21 yoshli yigit PUBG akkauntini 17 mln soʼmga sotishni aytib, firibgarlikka qoʼl urdi

Samarqandda 21 yoshli yigit PUBG akkauntini 17 mln soʼmga sotishni aytib, firibgarlikka qoʼl urdi
  • 6
  • 21.10.2023 15:02:00
  • 1 daq o'qish

Firibgarlikda gumonlanuvchi pulni olganidan soʼng, xaridorga bergan vaʼdasini bajarmay PUBG akkauntini oʼtkazib bermagan.
Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17 315 000 soʼm miqdoridagi pul mablagʼlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʼli bilan oʼzlashtirilganligini maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik Аxborot xizmati.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʼlinmalari xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanidada yashovchi 21 yoshli А.I. sodir etganligi aniqlangan.
Unga koʼra, А.I. jabrlanuvchi T.I. bilan Telegram messenjerining "monstersavdo" nomli kanali orqali tanishib, unga goʼyoki kuchaytirilgan "PUBG" akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, oʼzining foydalanuvida boʼlgan bank kartasiga oldindan 17 315 000 soʼm miqdoridagi pul mablagʼlarini oʼtkazdirib olgandan soʼng oʼzaro kelishmovchilik tufayli 12 000 000 soʼm pullarini qaytargan, qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni oʼchirib yuborib, pullarini oʼz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, А.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Maʼlumot oʼrnida, Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Manba: uznews

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News