Samarqandda 15 yoshli qizni urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Samarqandda 15 yoshli qizni urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi
  • 1
  • 27.09.2025 12:33:00
  • 1 daq o'qish

24-sentabr kuni Samarqandda Gentra haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan 2010-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Qidiruv natijasida avtomobil ustaxonadan topildi. Haydovchi ustalarga mashinani daraxtga urib olganini aytgan. U keyinroq: “Qizcha ko‘cha bo‘yidan ketayotgan edi, urib yuborib qochdim, qo‘rqdim. O‘zimni kechira olmayman”, — degan.
Jarohat olgan qiz tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News