
- 0
- 24.09.2025 08:39:00
- 1 daq o'qish
Krasnoyarsk o‘lkasining Yemelyanovsk tumanida Jaloliddin Ahmadaliyev ishtirokidagi konsertga Rosgvardiya xodimlari bostirib kirib, ommaviy hujjat tekshiruvi o‘tkazdi. 600 dan ortiq odam yig‘ilgan tadbirda migrantlarni aniqlashga qaratilgan reyd davomida 26 kishi politsiyaga olib ketildi, ulardan 8 nafari Rossiyada noqonuniy yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Giyohvand moddalar yoki taqiqlangan buyumlar topilmadi.