Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalariga cheklov qo‘yiladi

Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalariga cheklov qo‘yiladi
  • 1
  • 16.07.2025 11:36:00
  • 1 daq o'qish

“Noviye lyudi” partiyasi deputatlari migrantlarga xorijga faqat rasmiy maosh darajasidagi mablag‘ni yuborishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Ular bu orqali moliyaviy shaffoflikni oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, soliq tushumlarini ko‘paytirish, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsad qilinayotganini bildirgan. 
Migrantlardan maoshidan ortiqcha miqdorda pul yuborish uchun daromadlari qonuniyligini tasdiqlovchi deklaratsiya talab qilinadi. Banklar esa chet elliklarning moliyaviy operatsiyalarini yanada qat’iy nazorat qilishga chaqirilmoqda. Shu bilan birga, migrantlar uchun yangi davlat bojlari ham taklif qilinmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News