Rossiyada shifokorlar endi retseptni qo‘l bilan yozolmasligi mumkin

Rossiyada shifokorlar endi retseptni qo‘l bilan yozolmasligi mumkin
  • 7
  • 18.07.2025 15:45:00
  • 1 daq o'qish

Deputat Anton Tkachyov Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilib, shifokorlarni retseptlarni kompyuterda bosib chiqarishga majbur qilishni taklif qildi. Sababi — vrachlarning qo‘l yozuvi ko‘p hollarda o‘qib bo‘lmas darajada tushunarsiz. Bu esa nafaqat bemorlar, balki dorixonadagilar uchun ham muammo tug‘dirmoqda ekan.
Tkachyovning aytishicha, ayniqsa yoshi katta bemorlar tibbiy hujjatlarni tushunishda qiynalmoqda va bu dori olishda kechikishlar, hatto noto‘g‘ri davolanish holatlariga olib kelmoqda.
Shu bois u retseptlarni faqat kompyuterda chiqarish yoki elektron shaklga o‘tishni majburiy qilishni taklif qilgan. Hozircha Sog‘liqni saqlash vazirligi bu tashabbusga rasmiy munosabat bildirmadi.

Ushbu tashabbusga siz nima deysiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News