Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan lift shaxtasiga qulab halok bo‘ldi

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan lift shaxtasiga qulab halok bo‘ldi
  • 2
  • 10.10.2023 09:50:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak lift shaxtasiga yiqilish oqibatida vafot etdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli marhum O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, u Kirov tumanidagi Stachek shohko‘chasi, 59-uyda joylashgan 7 qavatli binoning eng yuqori qavatidan lift shaxtasiga tushib ketgan. Ushbu binodagi qurilish ishlari Kapital ta’mirlash jamg‘armasining buyurtmasi asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, reja bo‘yicha ish keyingi haftada yakunlanishi kerak bo‘lgan.

Hodisa joyida Tergov qo‘mitasi xodimlari ishlamoqda. Prokuratura Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilgan yoki etilmaganini tekshirishni boshlagan.

2022-yil dekabr oxirlarida Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida 25 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan qulab halok bo‘lgandi. Shuningdek, 12-dekabr kuni ham Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan qulab halok bo‘lgan. Marhum 45 yoshda bo‘lgan va olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda.

Manba: kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News