Rossiyada “A.U.E.” harakati ta’siri ortmoqda – fuqarolar ogoh bo‘lishi so‘ralmoqda

Rossiyada “A.U.E.” harakati ta’siri ortmoqda – fuqarolar ogoh bo‘lishi so‘ralmoqda
  • 0
  • 06.08.2025 10:59:00
  • 1 daq o'qish

So‘nggi yillarda Rossiyada “A.U.E.” (“Arestantskiy Uklad Yedin”) deb ataluvchi taqiqlangan harakat yoshlar va mehnat muhojirlari orasida tarqalmoqda. Bu harakat qamoqxona tartib-qoidalarini targ‘ib qilib, odamlarni o‘z safiga jalb qilishga urinmoqda. Rossiya hukumati 2020-yilda “A.U.E.”ni ekstremistik tuzilma deb e’lon qilgan. Unda ishtirok etish yoki qo‘llab-quvvatlash uchun 600 ming rublgacha jarima yoki 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Targ‘ibot asosan internet, ijtimoiy tarmoqlar va muhojirlar orasida “bratva”, “obshak”, “ponyatka” kabi so‘zlar orqali olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati ota-onalar va fuqarolarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda. Farzandlar va xorijda ishlayotgan yaqinlar bilan doimiy aloqada bo‘lish, atrofidagi shubhali belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik muhimligi ta’kidlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News