
- 0
- 13.09.2025 11:56:00
- 1 daq o'qish
Pragadagi metroda yosh yigit vagonlarning bog‘lovchi qismiga chiqib, mashinist kabinasi oldida egilib ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Hodisa 26-avgust kuni sodir bo‘lgan. Politsiya hali ham yigitni topa olmagan va jamoatchilikdan shaxsini aniqlashga yordam so‘ramoqda.
Voqea “xuliganlik” sifatida tergov qilinmoqda. Bunday jinoyat uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.