
- 6
- 06.11.2023 17:28:00
- 1 daq o'qish
Bolaning olgan tan jarohati yuzasidan tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holatni ombudsman nazoratga oldi. Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi.
Bolalar ombudsmanining xabar qilishicha, 2023-yil 4-noyabr kuni Yangi Namangan tumani “Yoshlik” MFY Islomobod ko‘chasida yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o‘z farzandi 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.M. ni qattiq kaltaklagan. Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir bo‘lgan. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.S. olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro K.X.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan tegishli tartibda tergov surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.