
- 4
- 04.06.2024 15:59:00
- 1 daq o'qish
“Magnit fishing” ishqibozlari Jeyms Keyn va Barbi Agostini Nyu-Yorkdagi ko‘ldan seyf topib olishdi. Ularning aytishicha, seyfni ochishganda uning suvdan zarar ko‘rgan 100 dollarlik banknotlar bilan to‘ldirilganligiga guvoh bo‘lishgan.
Ma'lum qilinishicha, seyfning hech qanday jinoyatga aloqasi yo‘q. "Seyfda guvohnoma yoki egasini aniqlash imkonini beruvchi birorta iz topishning iloji yo‘q edi", deydi Agostini xonim.
Politsiya esa shunchaki er-xotinni tabriklagan va ularga puldan foydalanishga ruxsat bergan.