
- 0
- 22.05.2025 14:32:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq haydovchi Damas’ga uy konditsionerini o‘rnatib harakatlangani haqida xabar bergan edik. Bunga o‘xshash qoidabuzarliklar ko‘payib, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv uyg‘otdi. Xususan, yana bir bloger tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar jamoatchilik e’tiboriga tushgan. U avtomobil boshqaruv vaqtida rulga lagandagi oshni qo‘ygan va uni yegan holda harakatlangan.
Ushbu qoidabuzar haydovchilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashinalari jarima maydoniga qo‘yilgan.