Namanganda poyezd Gentra’ni urib yubordi: 6 kishi halok bo‘ldi

Namanganda poyezd Gentra’ni urib yubordi: 6 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 15.09.2025 10:02:00
  • 1 daq o'qish

13-sentabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida poyezd Gentra avtomobilini urib yubordi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi qoidalarni buzib, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan o‘tishga uringan. Mashinada bo‘lgan besh ayol va bir bola halok bo‘ldi. Poyezd mashinistlari shoshilinch tormoz bergan, ammo fojiani to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News