Meksikada ayol kishi ilk bor prezident bo‘ldi

Meksikada ayol kishi ilk bor prezident bo‘ldi
  • 3
  • 03.06.2024 17:29:00
  • 1 daq o'qish

Meksikada hukmron koalitsiya nomzodi Klaudiya Sheynbaum mamlakat prezidenti saylovida ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. Meksikaning amaldagi rahbari Andres Manuel Lopes Obrador uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Sheynbaum 57,27% ovoz to‘plagan, uning “Meksika uchun kuch va yurak” muxolifat koalitsiyasidagi raqibi Sochitl Galvesga 30%, “Fuqarolik harakati” yetakchisi Xorxe Alvares esa 10,37% ovoz olgan.
Shu tariqa, Sheynbaum 200 yildan oshiq vaqt davomida ilk marotaba Meksikaning ayol-prezidenti bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News