Marg‘ilonda Gentra 2,5 yashar bolani bosib ketdi, haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda Gentra 2,5 yashar bolani bosib ketdi, haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • 2
  • 14.07.2025 08:24:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat 10-may kuni Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan. 1970-yilda tug‘ilgan Gentra haydovchisi yo‘lda o‘ynab o‘tirgan 2,5 yoshli bolani bosib ketgan. Voqea ko‘cha kuzatuv kamerasiga muhrlangan. Unda haydovchi bolaning ustidan o‘tib ketgani va hodisa joyini tark etgani ko‘rinadi.
Natijada bolakay og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Uning tos suyaklari uch joyidan singan. Buvisining aytishicha, bolakay bir oy yotib davolangan va hali ham o‘ziga kelmagan.
Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi. Ish yakunida sudga yuboriladi.
IIB ota-onalarni farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikka chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News