Malayziyada 28 yoshli ayol homiladorlik sabab birdan “qarib ketdi”

Malayziyada 28 yoshli ayol homiladorlik sabab birdan “qarib ketdi”
  • 0
  • 08.08.2025 11:42:00
  • 1 daq o'qish

Malayziyalik Farah Fayzal homiladorlik davrida keskin gormonal o‘zgarishlar tufayli yuzida chuqur ajinlar, yiringli toshmalar va yallig‘lanishlar paydo bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bir necha o‘n yoshga keksaroq ko‘rinishga kelib qoldi.  Farah o‘zini hatto oynada tanimay qolganini aytadi. Ko‘chada niqob taqib yurishga majbur bo‘lgan, suratga tushishni rad etgan. Biroq turmush o‘rtog‘i uni har doim “go‘zal va kuchli” deb qo‘llab-quvvatlagan. Farzandi dunyoga kelgach, Farahning teri holati asta-sekin yaxshilana boshlagan. Shunga qaramay, to‘liq sog‘ayish jarayoni hali ham davom etmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu kabi jiddiy va keskin o‘zgarishlar homiladorlik davrida yuz beradigan kamyob teri kasalligi – rosacea fulminan yoki pyoderma faciale nomli rozatsela xastaligining og‘ir formasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News