Xorazmda begona ayolni Haj safarida o‘g‘irlik qilganlikda ayblab, tuhmat qilgan fuqaroga nisbatan jazo tayinlandi

Xorazmda begona ayolni Haj safarida o‘g‘irlik qilganlikda ayblab, tuhmat qilgan fuqaroga nisbatan jazo tayinlandi
  • 6
  • 21.10.2023 15:32:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqda begona ayolni Haj safarida o‘g‘irlik qilganlikda ayblab, tuhmat qilgan fuqaroga jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudida jazo tayinlandi.

Sudda aniqlanishicha, jinoyatlar markazida 1974-yilda Xiva shahrida tug'ilgan oilali, vaqtincha ishsiz ayol kishi bo'lgan. U o'zi tarqatgan ma'lumotlarni yolg'onligini bila turib, jabrlanuvchi ayolni sharmanda qilish uchun, Haj ziyoratiga borib, hamma namoz o'qishga chiqqanda do'konlarga kirib o'g'irlik jinoyatini sodir qilib yurganligi haqida mutlaqo yolg'on xabarlarni jabrlanuvchining oila a'zolari bilan birga tushgan foto-suratlar bilan Telegramdan tanishiga yuborgan. Internet orqali tuhmat qilgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol JKning 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hukmda sudlanuvchining pushaymonligi va jabrlanuvchi uni kechirgani inobatga olindi.

Manba: uzreport.news

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News