
- 0
- 09.09.2025 08:05:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘g‘il keksa otasini kaltaklab o‘ldirib qo‘ydi. Ota doimiy ravishda faqat o‘g‘lidan emas, balki kelinidan ham kaltak yeb, haqoratlanib kelgan. Achinarlisi, video otaxon vafotidan so‘ng qo‘shni ayol tomonidan ommaga tarqatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.