Qozog‘istonda elektron sigaretalar uchun qamoq jazosi belgilandi

Qozog‘istonda elektron sigaretalar uchun qamoq jazosi belgilandi
  • 3
  • 25.01.2024 15:52:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘iston elektron sigaretalarni (veyp) olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni to‘liq taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, veyp sotganlik uchun maksimal 50 kungacha qamoq jazosi, olib kirish va tarqatish  uchun 2 yilgacha va jinoiy guruh tomonidan yoki o‘ta yirik miqdorda yoki takroran sodir etilgan shunday harakatlar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi.

2022-yilning kuzida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda veyplar muomalasini taqiqlashni taklif qilgandi. Bunga o‘smirlar va bolalar o‘rtasida iste’mol ko‘paygani sabab bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News