Qozog‘istonda 21 yoshli o‘g‘il telefon sabab oilasini pichoqladi

Qozog‘istonda 21 yoshli o‘g‘il telefon sabab oilasini pichoqladi
  • 1
  • 08.02.2025 14:23:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yil 17-yanvar kuni Ostonada 21 yoshli yigit telefonini olib qo‘yishgani uchun oila a’zolarini pichoq bilan so‘yib tashladi. U “Free Fire” o‘yinini o‘ynayotgan bo‘lgan va oila a’zolari uning telefonini olib qo‘ygan. Shundan so‘ng u his-tuyg‘ularini boshqara olmagan va g‘azablanib, barcha qarindoshlarini uxlab yotgan paytida bo‘ynidan kesgan. Oqibatda 1997-yilda tug‘ilgan aka voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch nafar oila a’zosi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ostona shahri politsiya departamenti xabariga ko‘ra, 21 yoshli fuqaro qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolatoriga joylashtirilgan va qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News