
- 5
- 11.09.2023 16:35:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ayol sakkiz oylik chaqaloqqa nazoratsizlik va ehtiyotsizlik oqibatida suvda eritilmagan yuqori konsentrasiyali sirka kislotasini ichirib qo'ydi. Bu haqda viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi (https://t.me/qashqadaryo_ssb/10674).
Maʻlum bo'lishicha, chaqaloq 2023-yil 7-fevralda tug'ilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali reanimasiya bo'limiga esa 2023-yil 9-sentyabr kuni soat 15:32 da og'ir ahvolda olib kelingan.
Ahvoli og'irlashgan go'dak dastlab Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi bolalar shifoxonasiga keltirilgan. So'ng filialga yuborilgan.
Bemorga «sirka kislotasidan o'tkir zaharlanish, og'iz bo'shlig'i, lablari, halqum, hiqildoq va qizilo'ngach shilliq qavatlarining 1-2-darajali kimyoviy kuyishi, toksik nefrit, toksik miokardit, toksik pnevmoniya» tashxisi qo'yilgan va reanimasiya bo'limiga yotqizilgan.
Kasallikning ikkinchi kunida esa yuqori nafas yo'llari kuyishi oqibatida yuqori nafas yo'llari stenozi va shishi rivojlanib, bemorda nafas etishmovchiligi 3-darajasi va yurak qon-tomir etishmovchiligi natijasida to'satdan yurak to'xtashi kuzatilgan.
Intensiv reanimatsion choralar ko'rilganidan so'ng esa, yurak urishi tiklangan va chaqaloq sunʻiy nafas apparatiga o'tkazilgan. Shundan so'ng toksikolog, reanimatolog, kombustiolog, bolalar xirurgi va boshqa mutaxassislar ishtirokida konsilium o'tkazilgan.
Manba: O'zbekiston24