
- 3
- 03.08.2023 08:54:00
- 1 daq o'qish
Tungi bazmdan qaytayotgan ayol erkak unga zoʼrlik ishlatmoqchi boʼlganini aytmoqda.
Аvvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum erkak ayolni urib, sochlaridan tortib, kichik kanalga itarib yuborganligi aks etgan video tarqalgan edi.
Mazkur holat joriy yilning 23 iyulь kuni Qashqadaryo tumani "Jumabozor" mahallasida sodir boʼlgan.
Kaltaklangan ayolning taʼkidlashicha, ayol dugonasi bilan mehmondorchilikdan qaytayotgan boʼlgan.
"Mashina toʼxtatganimizda toʼxtamadi, keyin u bollar bizga "yopishib", sudrashga tushdi. Mening 2 mln soʼmlik "tsepochka" va 1 500 000 soʼmlik telefonim bor edi. U majburlab, zoʼrlamoqchi boʼlganligi sabab koʼylaklarimni ham yirtib tashladi".
Shuningdek, ayol u erkak spirtli ichimlik taʼsirida boʼlganligi, ayol esa oʼzi ichmaganligi faqat qoʼlida aroq va goʼsht mahsulotlari boʼlganligini bildirgan.
"Lekin mening shaʼnim va obroʼyimni tiklab berolmaydi", -deydi ayol.
Mazkur MFY raisi holat nazoratga olinganini va ayolning kechqurun bazmdan qaytganligi, ayol kishiga toʼgʼri kelmasligini taʼkidladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmatining xabariga koʼra, holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda ayolga jarohat yetkazgan erkak qoʼlga olingan.