
- 0
- 04.09.2025 10:03:00
- 1 daq o'qish
1-sentabr kuni Shahrisabz tumanida 33 yoshli ayol o‘zaro kelishmovchilik sababli 60 yoshli qaynonasini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirdi. Qotillik haqida gumonlanuvchining o‘zi tuman IIBga xabar bergan. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ayol turmush o‘rtog‘ining ikkinchi nikoh haqida gaplari sababli g‘azablangan va qasd olish maqsadida jinoyat sodir etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.