
- 0
- 19.09.2025 07:49:00
- 1 daq o'qish
16-sentabr kuni Yaponiyaning “Qayta tug‘ilishga yo‘l” partiyasi asoschisi saylovda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, iste’foga chiqdi. Saylovda g‘olib bo‘lgan Kioto universitetining 25 yoshli aspiranti Mitsutaka Okumura partiyaning yangi rahbari etib tayinlandi, biroq u vakolatlarini darhol sun’iy intellektga topshirdi.
Matbuot anjumanida Okumura partiyaning yangi rahbari sun’iy intellekt bo‘lishini ma’lum qildi va o‘zi esa uning yordamchisi sifatida faoliyat yuritishini bildirdi.