Italiyada samolyot avtomagistralga qulab tushib portladi

Italiyada samolyot avtomagistralga qulab tushib portladi
  • 0
  • 24.07.2025 08:19:00
  • 1 daq o'qish

Italiyaning Assano-Mella shahrida kichik samolyot shossega qulab tushdi. Halokat natijasida samolyot yonib ketdi. Samolyot parchalari bir nechta avtomobillarga zarar yetkazgan, biroq haydovchilar omon qolgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni 75 yoshli advokat boshqargan, yo‘lovchi o‘rnida esa 65 yoshli ayol bo‘lgan.  Hozirda samolyot qayerdan uchgani va halokat sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News