
- 0
- 30.08.2025 09:02:00
- 1 daq o'qish
Hindistonda bir ayol Labubu qo‘g‘irchog‘ini Xudo deb o‘ylab, unga ibodat qilayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ayolning qizi Labubuni “xitoy xudosi” deb tanishtirgach, onasi unga darhol sig‘ina boshlagan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda kulgu va tanqidga sabab bo‘lib, ba’zilar buni madaniy chalkashlik, boshqalar esa e’tiqodning qiziq ko‘rinishi sifatida baholashgan.