
- 0
- 23.07.2025 08:11:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatining Muzaffarnagar shahrida yashovchi Asha ismli ayol nogiron erini yelkasida ko‘tarib, ikki farzandi bilan birga Haridvar shahridan Modinagargacha 150 km yo‘lni piyoda bosib o‘tdi. Erining orqa miya operatsiyasidan so‘ng falaj bo‘lgani sababli u diniy ziyorat — Kanvar Yatrada ishtirok eta olmasdi. Asha esa turmush o‘rtog‘ini ushbu ziyoratdan mahrum qilmaslik uchun uni yelkasida ko‘targancha yurishga qaror qilgan.
Ayol bu ishni erining sog‘ayib ketishiga bo‘lgan ishonch va muhabbat sabab qilganini aytgan. Asha va uning fidoyiligi internetda katta e’tibor qozondi va ijtimoiy tarmoqlarda “muhabbat va sadoqat timsoli” sifatida baholandi.