Prezident Mirziyoyev bir so‘zli insondir – Tramp

Prezident Mirziyoyev bir so‘zli insondir – Tramp
  • 6
  • 23.09.2025 08:36:00
  • 1 daq o'qish

AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social’dagi postida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Boeing bilan imzolangan yirik bitim munosabati bilan tabriklab, quyidagicha post qoldirdi:

“Shu oy boshida men O‘zbekiston prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men prezident Mirziyoyevni Boeing bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! Uzbekistan Airways 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev — bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur”.

Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni  Nyu Yorkda Boeing Global prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashib, yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Boeing - dunyodagi eng yirik aviatsiya va kosmik texnika ishlab chiqaruvchilardan biri.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News