Yo‘lovchi samolyotida parvoz vaqti favqulodda holat yuz berdi

Yo‘lovchi samolyotida parvoz vaqti favqulodda holat yuz berdi
  • 0
  • 16.09.2026 13:01:00
  • 1 daq o'qish

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyotida parvoz vaqtida texnik nosozlik yuz berdi.
Samolyot Mashhaddan Kirmonshohga uchayotgan bo‘lgan. Havoga ko‘tarilish vaqtida shassi g‘ildiragining shinasi yorilgan. Shuningdek, dvigatellardan birida ham nosozlik bo‘lgani aytilmoqda.
Kuchli silkinish sabab salondagi bagaj javonlari va ichki qoplamalarning ayrim qismlari qulab, yuklar yo‘lovchilar ustiga tushgan. Vahimaga tushgan yo‘lovchilar qichqirgan.
Uchuvchi favqulodda holat e’lon qilib, samolyotni Mashhad aeroportiga qaytargan. Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News