
- 4
- 25.10.2023 17:07:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi davlat tashkilotlarining rahbar xodimlari ekani aytilayotgan bir guruh shaxslar ish xonasida qarta o‘ynayotgani aks etgan foto tarqalgan edi.
Qayd qilinishicha, fotosuratdagi Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartishirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Daliyev va tuman iqtisodiyot, moliya bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Rahmonaliyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Dilshodbek Daliyev ishdan bo‘shash haqida o‘zi ariza yozganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan.
«Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi. Alloh nazaridan qolmasam bo‘ldi. Men o‘zimni oqlamoqchi emasman. Xato qilgan bo‘lsam, qonun oldida javob beraman. Mard bo‘lib arizamni yozib, kecha ishdan ketganman», deb yozdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, fotosurat eski bo‘lib, 26 avgustda (shanba, dam olish kuni) olingan.
Manba: daryo.uz