Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolakayni pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolakayni pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi
  • 5
  • 25.09.2023 19:37:00
  • 1 daq o'qish

Operatsiya jarayoni 5 soat davom etgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi «Karnaychi» mahallasida yuz bergan. Bu haqda "Bu kun" dasturi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Abdulloh ismli 5 yoshli bolakay voqea sodir bo‘lgan kuni dadasini ovqatlanishga chaqirish uchun uning oldiga boradi. Dadasi uyining yonidagi chorva mollari parvarish qiish xo‘jaligida ishlagan.
Abdullohning onasining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi maktabning 7 yoki 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.
Shifokorlarning xabariga ko‘ra, operatsiya jarayoni 5 soat davom etgan.
"Pnevmatik qurolning o‘qi chap o‘pkadan o‘tib, yurakning chap qorinchasiga kirib qolgan. Yurakni to‘liq to‘xtatgan holda, o‘qni olib tashladik. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi",- deydi shifokor.
Hozirda mazkur holat Qo‘shtepa tumani IIB tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News