Sakkiz oyda qancha O‘zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida xorijga ketgani ma’lum bo‘ldi

Sakkiz oyda qancha O‘zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida xorijga ketgani ma’lum bo‘ldi
  • 6
  • 13.09.2023 09:55:00
  • 1 daq o'qish

Yanvar-avgust oylarida 28,2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga ketgan. 

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilga nisbatan 7,5 foizga ko‘p. Xorijga ketganlarning deyarli to‘rtdan uch qismi yoki 20,45 ming kishi tashkiliy yollash doirasida Rossiyaga borgan.

Qiziqishga sabab bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Janubiy Koreya (3,18 ming muhojir) va Buyuk Britaniya (1,8 ming) egallagan. Keyingi o‘rinlarda - Qozog‘iston (812 kishi), Germaniya (387 kishi) va Turkiya (194 kishi).

O‘zbekiston aholisining 2 million nafardan ko‘p qismi boshqa davlatlarda turli sohalarda mehnat qilmoqda. Xususan, eng ko‘p — 1,5 milliondan o‘zbekistonlik muhojirlar Rossiyada ishlaydi. 2022-yilda 60 mingga yaqin o‘zbekistonlik boshqa davlatlarga ishlash uchun ketgan. 

Mamlakatga 2000-yilda migrantlar hisobidan 790 million dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 8 milliard dollarni tashkil etgan.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News