Daniyada Isroilga qurol savdosini to‘xtatishni talab qilib namoyish uyushtirildi

Daniyada Isroilga qurol savdosini to‘xtatishni talab qilib namoyish uyushtirildi
  • 4
  • 31.10.2023 08:19:00
  • 1 daq o'qish

Daniyaning Syoborg shahrida joylashgan Terma harbiy obyektiga kirish eshigi oldida bir guruh insonlar namoyish uyushtirdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya tinch, tartib buzilmagan holda o‘tmoqda.

Namoyishchilar “Isroilga qurol sotishni darhol to‘xtating” shiori yozilgan bannerlarni ko‘tarishdi. Danmarks Radio ma’lumotlariga ko‘ra, Terma kompaniyasi Isroil armiyasi tomonidan foydalaniladigan harbiy samolyotlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi. Kompaniya rahbariyati korxonada bo‘lib o‘tayotgan namoyish haqida hozircha izoh bermadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News