Bangladeshda harbiy samolyot kollejga qulab tushdi: 19 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshda harbiy samolyot kollejga qulab tushdi: 19 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 22.07.2025 08:21:00
  • 1 daq o'qish

Dakka shahri yaqinidagi Milestone kolleji hududiga F-7 BGI rusumli harbiy o‘quv samolyoti qulab tushdi. Voqea natijasida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi, 50 nafardan ziyodi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi, ular orasida bolalar ham bor.

Samolyot mahalliy vaqt bilan 13:06 da havoga ko‘tarilib, 12 daqiqa o‘tib halokatga uchradi. Qulash sababi aniqlanmoqda.

Bangladesh hukumati 22-iyulni motam kuni deb e’lon qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News