Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilib, suv toshib chiqdi

  • 0
  • 09.05.2025 10:18:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, soat 8:00 lar atrofida Andijon viloyatidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida favqulodda holat yuz berdi. Kichik GES qurilishi davomida kanal qirg‘og‘i suvga yuvilib, dambasi o‘pirilib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, suv 100 ga yaqin xonadonga kirgan: 30 tasi ichki qismigacha, 70 tasi esa faqat tomorqasigacha suv ostida qolgan.

Hodisa ortidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyiga yetib borgan. Hozircha Andijon suv omboridan suv chiqarish to‘xtatilgan, kanalda esa 30 kub metr/sekund suv qolgan. Bu ham soat 14:00 gacha to‘liq to‘xtatiladi.

Favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun 10 ta samosval, 4 ta yuk ko‘targich, 2 ta buldozer, 8 ta ekskavator va 50 dan ortiq ishchi jalb qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News