Andijonda Nexia haydovchisi moped va velosipedchini urib yubordi

Andijonda Nexia haydovchisi moped va velosipedchini urib yubordi
  • 0
  • 13.09.2025 13:28:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia haydovchisi yuqori tezlikda moped va velosipedchini urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat 4-sentabr kuni Andijonda sodir bo‘lgan. Svetoforning “qizil” chirog‘ida harakatlangan Nexia haydovchisi yuqori tezlikda moped va velosipedchini urib yuborgan. Velosipedchi ham, mopeddagi fuqaro ham to‘qnashuvda uchib, avtomashina ustiga chiqib ketgan. Viloyat YHXB ular yengil tan jarohati olganini bildirdi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News