
- 0
- 26.09.2025 14:43:00
- 1 daq o'qish
25-sentabr kuni Andijon viloyati, Andijon shahrining "Bog‘ishamol" MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 10 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Qizaloq yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.