Andijonda 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi

Andijonda 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib, vafot etdi
  • 5
  • 08.08.2023 08:37:00
  • 1 daq o'qish

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish uchun tushgan yigit oqib ketib, vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilindi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Daryo” so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, voqea 5-avgust kuni yuz bergan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida suvda cho‘kkan yigit Andijon tumanida yashagan 20 yoshli H.G‘. ekani aniqlangan.

Tekshiruv harakatlari davomida holatga aloqador bo‘lgan barcha shaxslardan batafsil tushuntirish xatlari olinib, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida marhum yigitning kiyimlari va buyumlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.      

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun 7-avgust kuni Oltinko‘l tuman prokuraturasiga yuborilgan.     

Bundan avval Andijon viloyati Baliqchi tumanida ikki o‘smir cho‘kib ketgani haqida xabar qilingan edi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News