
- 3
- 26.07.2023 14:47:00
- 1 daq o'qish
Yevropada aholi jazirama issiq ob-havodan aziyat chekmoqda. Jumladan, Italiyaning 17ta shahrida havoning "qizil" darajasi e’lon qilindi.
Hozirda eng qiyin vaziyat Sitsiliyada kuzatilayotgan bo’lib, bu yerda havo harorati 40 darajadan yuqoriga ko’tarilayotgani sababli o’rmon yong’inlari yuz bermoqda.
Yong’in Portugaliya poytaxti Lissabonning chekka hududlarida ham boshlangan. Aholi xavfli hududdan evakuatsiya qilinmoqda. Yong’in tarqalishini bartaraf qilish juda qiyin, shamol tezligi soatiga 60 kilometrga yetadi.
Avvalroq Pekinda havoning eng yuqori "qizil" darajasi e'lon qilingani haqida xabar bergan edik. Bu Xitoy poytaxtida 1951-yildan beri birinchi marta kuzatildi.