O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
  • 5
  • 11.10.2023 13:42:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiyaga rasmiy tashrifi doirasida bugun Praga shahrida O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi o‘tkazildi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirok etgan biznes-forumda mamlakatimizda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha muhim ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi va imzolandi. Xususan, ular orasida quyidagilar bor:

  • siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ishonchni oshirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollarini nazarda tutuvchi kengaytirilgan hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Shaxslarning readmissiyasi va tranziti to‘g‘risida Bitim;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida Bitim va boshqalar.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News