
- 4
- 19.03.2024 15:25:00
- 1 daq o'qish
Prezident qaroriga koʻra, joriy yil 1-iyulga qadar “Oʻzavtosanoat” va masʼul vazirliklar tomonidan BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish boʻyicha taklifla kiritiladi va 1-iyuldan keyin BYD brendiga tegishli avtomobillarni Oʻzbekistonga import qilishi cheklanadi.
BYD kompaniyasi elektromobillarning mahalliy iqlim va yoʻl sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega boʻlmagani vaji bilan tartibsiz importni cheklash boʻyicha hukumatga murojaat bilan chiqqan.