
- 0
- 26.05.2025 15:41:00
- 1 daq o'qish
2025-yilgi Haj mavsumida ziyoratchilarga ellikboshi sifatida jo‘natilgan Toshkent shahridagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida 26-may kuni vafot etdi. U Saudiya Arabistonida og‘ir betob bo‘lib, komaga tushgan.
Rabbimqul domla 2019-yildan beri Rakat masjidida xizmat qilgan, avval Imom Termiziy masjidida ham imomlik qilgan.