Farg‘onada 250 ga yaqin “iPhone 15 Pro” va “iPhone 15 Pro Max” telefonlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘onada 250 ga yaqin “iPhone 15 Pro” va “iPhone 15 Pro Max” telefonlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
  • 4
  • 20.10.2023 07:51:00
  • 1 daq o'qish

Ushbu 24 turdagi noqonuniy telefonlarning umumiy qiymati 6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.
Natijada avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Ushbu uyali aloqa vositalarining 250 ga yaqini “iPhone 15 Pro” va “iPhone 15 Pro Max” hamda 100 ga yaqini “Samsung galaxy S23 Ultra” va “Samsung galaxy S23 FE” rusumidagi uyali aloqa vositalari bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News