Rossiyada noqonuniy migratsiyani to‘xtatiladi

Rossiyada noqonuniy migratsiyani to‘xtatiladi
  • 11
  • 03.04.2024 15:27:00
  • 1 daq o'qish

Putin noqonuniy migratsiyani to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Putin mamlakatga noqonuniy kirish ekstremizm va jinoyatchilik uchun “ozuqaviy muhit” hisoblanishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, mamlakatning urf-odatlari, tarixi, tilini hurmat qilmaydiganlar Rossiyaga kiritilmasligi kerak. Bu qoida mamlakat migratsiya siyosatining asosiy tamoyili bo‘lishi lozim dedi u.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini bir kalendar yili davomida jami 90 kungacha qisqartirishni taklif qilgan.

Rossiyadan 2023-yil 110 mingga yaqin noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgan. Bu 2022-yilga nisbatan 65 foizga ko‘pdir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News